11:41 / 26.12.2018
4 247

Soliqlarni to‘lash muddatini buzganlik uchun penya miqdori oshiriladi

Soliqlarni to‘lash muddatini buzganlik uchun penya miqdori oshiriladi
2019 yildan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori oshiriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda aytiladi.

Qonun bilan Soliq kodeksining 120-moddasi (Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish) ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 0,045 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi, agar penyani hisoblash soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilsa, – 0,06 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi».

Bugungi kunda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lov muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori, to‘liq to‘lanmagan soliq summasini kim aniqlaganidan qat’i nazar, o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033%ni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliqlarni to‘lash muddatini buzganlik uchun penya miqdori oshiriladi