14:50 / 04.01.2019
3 994

O‘zbekistonda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Xususan, 2019 yil 1 martga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Qayd etilishicha, loyihada chet el valyutasi bilan bog‘liq amaliyotdagi asossiz cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish rejalashtirilmoqda