
Prezidentning 2018 yilning 26 iyundagi qarori bilan Davlat soliq xizmati organlariga yuzaga kelgan soliq qarzdorligini soliq to‘lovchi — jismoniy shaxslarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvaraqlaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridan ko‘p bo‘lmagan summada so‘zsiz hisobdan chiqarish huquqi berilgan edi. Ammo oradan besh oy o‘tib — prezidentning 2018 yil 26 dekabrdagi qarori bilan mazkur norma bekor qilindi (34-ilova). Bu haqda Telegramdagi «davletovuz» kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning dekabr oyida esa Markaziy bank va Davlat soliq qo‘mitasining «Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi.
Biroz vaqt o‘tib Markaziy bank plastik kartalardan majburiy pul yechib olinishiga qarshiligini bildirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar