Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi bo‘yicha bayonot berdi.
Avvalroq, bu loyiha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Hujjat loyihasida qarzdor jismoniy shaxslarning soliq qarzi bank plastik kartalaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda so‘zsiz undirib olinishi nazarda tutilgani e’tirozlarni keltirib chiqardi.
Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan e’tiroz va takliflar o‘rganilganda, loyiha puxta tayyorlanmaganligi, Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining takliflari va tavsiyalari inobatga olinmasdan hamda kelishilmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilganligi aniqlandi.
Nizom loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining dastlabki muhokamasida jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida:
– o‘z majburiyatlarini bajarishlarida servis xizmatini ko‘rsatish;
– davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurmasdan soliqlarni to‘lash imkoniyatini yaratish;
– ularning yozma roziligi (kelishuv) asosida plastik kartalaridan har oyda kelishilgan mablag‘larni soliq to‘lashga yo‘naltirish nazarda tutilishi belgilangan edi.
Ammo Nizom loyihasida yuqoridagi norma qayd etilmaganligi aniqlanib, loyiha ishlab chiqilishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar va mas’uliyatsizligi uchun Davlat soliq qo‘mitasining mas’ul boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan ko‘rib chiqilmoqda hamda unda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablag‘larni undirish faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi