Moliya vazirligi DSQ bilan birgalikda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqdi.
Bu qonun loyihasi ancha kutilgan edi. U xalqaro standartlarga yaqinlashtirilishi lozim bo‘lgan yangi soliq tizimining asosi bo‘ladi. Soliq kodeksining amaldagi tahriri shu yildan boshlab sezilarli yangilangan.
Biroq, Norma’ning yozishicha, unda eski yondashuvlarning asoratlari qolgan:
• turli faoliyat turlari uchun talay soliq rejimlari;
• soliq to‘lovchi huquqlarining deklarativligi;
• qonunga itoatkorligidan qat’i nazar barcha soliq to‘lovchilarga bir xilda tatbiq etiladigan soliq nazorati shakllarining shaffof emasligi.
Ishlab chiquvchilarning bayonotiga ko‘ra, ular ushbu muammolarni hal qilishga harakat qilishgan. Buni ular qanchalik uddalaganliklarini mutaxassislar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasini diqqat bilan o‘rganib chiqqach baholaydilar. Biroq hozirning o‘zida quyidagi ijobiy o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda:
1. ”Yashil yo‘lak” – insofli soliq to‘lovchilar uchun. Nazorat chora-tadbirlari faqat qonunga itoatsiz korxonalarga nisbatan faol qo‘llaniladi.
2. Soliq to‘lovchi kontragentni tanlashda o‘zini ehtiyotkor qilishi darkor. Agar siz “bir kunliklar” bilan bitim tuzsangiz, soliqchilar qo‘shimcha soliqlar hisoblaydi.
3. Davlat byudjeti soliq to‘lovchilarga penyalar to‘laydi. Siz soliqlarni ortiqcha to‘ladingizmi yoki ularni sizdan qonunga xilof ravishda ushlab qolishdimi? Nafaqat ushbu summalarni qaytaradilar, balki MB stavkasi bo‘yicha penya ham to‘laydilar.
4.Davlat QQS bo‘yicha manfiy saldoni qaytaradi. Buning uchun, agar siz eksport qiluvchi, yirik korxona bo‘lmasangiz, bank kafolatiga ega bo‘lmasangiz, kameral tekshiruvdan o‘tish zarur.
5. Asosiy vositalar bo‘yicha QQS – darhol hisobga olinadi. Siz uskuna, bino va inshootlar, boshqa asosiy vositalar yetkazib beruvchisiga to‘langan QQSni darhol hisobga olishga haqlisiz.
6. Soddalashtirilgan QQS bo‘lmasligi mumkin. Soliq kodeksi loyihasida u haqda bayon etilmagan.
7. QQS to‘lovchilar ro‘yxati kengaytirilmoqda. Ularga chet ellik shaxslarning doimiy muassasalari, bozorlar, advokatlik firmalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari qo‘shiladi.
8. Tekin olingan mol-mulk va ko‘rsatilgan xizmatlarga QQS solmaslik mumkin. Bitta shart bilan – ular iqtisodiy jihatdan oqlangan bo‘lishi kerak.
9. “Google ga soliq”ni joriy etish ko‘zlanmoqda. Davlat jismoniy shaxslar uchun elektron xizmatlar qiymatiga soliq solish istagida.
10. Foyda prognozi va joriy to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotnomalar o‘tmishda qoladi. Bunga zarurat qolmaydi.
11. Xarajatlar asoslangan bo‘lishi kerak. Aks holda, siz ularga foyda solig‘i solishingiz lozim bo‘ladi.
12. Investitsiyaviy chegirma foyda solig‘ida tejashda yordam beradi. Siz soliq solinadigan foydadan xarid qilingan uskunaning 10%igacha bir yo‘la chegirma qilishga haqli bo‘lasiz.
Bundan oldin, O‘zbekiston Google, Yandeks, Alibaba, Netflix’ga soliqlar joriy etish niyatida ekani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»