Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirda kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz inson sog‘ligi inqiroziga bog‘liqligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ushbu inqiroz bir vaqtning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanishi aytilmoqda. Kasallik tarqalishiga bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklar qaror qabul qilish uchun katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aytilmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotdagi joriy holat va kutilayotgan tendensiyalar bo‘yicha o‘z hisobotini e’lon qildi.
Ushbu hisobotda vazirlik tomonidan jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalgan.
Birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda «insoniy» yoki «inson sog‘ligi inqirozi» bilan bog‘liq.
Ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi.
Uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi qarorlarni qabul qilishda quyidagi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda:
- biznes sub’ektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar bo‘yicha;
- aholining iste’mol faolligiga;
- hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash, tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish, ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash bo‘yicha.
«Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi», — deyiladi hisobotda
Koronavirus kasalligining tarqalishi dastlabki bosqichlarda, ya’ni, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida, asosan Xitoy iqtisodiyotiga va keyinchalik ushbu mamlakatdagi vaziyatning boshqa davlatlarga ta’siri sezila boshlangan. Hisobotga ko‘ra, fevral oyining ikkinchi yarmidan boshlab va mart oyida esa mazkur kasallik dunyoning deyarli barcha davlatlariga tez tarqalib, ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi