4 176
Qozog‘istonda hosil ko‘p bo‘ladi, O‘zbekiston uchun bug‘doy eksport qilishda muammolar bo‘lmaydi
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa ko‘plab xususiy kompaniyalar bug‘doy hosildorligini 13 million tonnadan ortiq deya prognoz qilishmoqda. O‘z o‘zidan, bug‘doy eksporti 6 million tonnadan 8 million tonnagacha ortadi. O‘zbekiston uchun bu yil – yaxshi yil. Chunki Qozog‘istonda ham bug‘doy, ham un eksporti uchun zaxira yetarli bo‘ladi, deydi iqtisodchi Sergiy Zorya.
Jahon banki «Covid 19 va Markaziy Osiyoning oziq-ovqat xavfsizligi» mavzusiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi. Unda Jahon bankining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya mavzuga doir savollarga [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA2LzAyL3Fvem9naXN0b25kYS1ob3NpbC1rb3AtYm9sYWRpLW96YmVraXN0b24tdWNodW4tYnVnZG95LWVrc3BvcnQtcWlsaXNoZGEtbXVhbW1vbGFyLWJvbG1heWRpLWphaG9uLWJhbmtp]javob berdi[/leech].
– 2020 yilda O‘zbekiston uchun Qozog‘istondan nonni import qilish qay darajada muammoli?
– 2020 yilda Qozog‘istonda bug‘doy ishlab chiqarilishiga oid prognozni bilamiz. Iyul, avgust, sentabr oylarida hosil yig‘ib olinadi. Prognozlarga ko‘ra, mamlakatda bug‘doy yetishtirish o‘tgan yildagiga qaraganda 20 foizga ko‘p bo‘ladi. Ya’ni u so‘nggi besh yilgi o‘rtacha ko‘rsatkichda bo‘ladi. 2019 yil qurg‘oqchilik sababli O‘zbekiston uchun og‘ir yil bo‘ldi. Mamlakat bug‘doy hosilining 15-20 foizini yo‘qotdi. Joriy yilda hosildorlik tiklanadi.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa ko‘plab xususiy kompaniyalar bug‘doy hosildorligini 13 million tonnadan ortiq deya prognoz qilishmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 11,5 million tonna bo‘lgan. O‘z o‘zidan, bug‘doy eksporti sezilarli darajada ortadi, 6 million tonnadan 8 million tonnagacha. O‘zbekiston uchun bu yil – yaxshi yil. Chunki Qozog‘istonda ham bug‘doy, ham un eksporti uchun zaxira yetarli bo‘ladi.
Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Qozog‘istondan unga qaraganda bug‘doyni ko‘proq import qilmoqda. O‘zbekistonning tegirmonchilik sanoati bug‘doyni import qilib, uni ichki iste’mol va Afg‘onistonga eksport qilish uchun un qiladi. 2020 yil – pandemiya yili bilan taqqoslaganda normal yil bo‘ladi.
– Markaziy Osiyo hukumatlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy mintaqaviy zaxirasini yaratish qay darajada samarali?
– Mintaqaviy zaxira – juda qiziq g‘oya. Amaliyotda uni tatbiq qilish juda qiyin. Dunyoda bu g‘oyaning amaliy qo‘llanishini ko‘rmaymiz. Men o‘z vaqtida Afrikada ishlaganimda turli xalqaro tashkilotlar bilan G‘arbiy Afrikada mintaqaviy zaxirani yaratish masalasini ko‘p marta muhokama qilganman. Mintaqaviy zaxira mantig‘i shundan iboratki, mintaqaviy rezervdagi zaxira hajmi har bir mamlakat qo‘yishni istagan hajmiga qaraganda kamroq bo‘lishi mumkin. O‘z o‘zidan, hajmlar kamaygani sababli davlatning mazkur dasturlarga ajratadigan xarajatlari kamayadi, budjet jamg‘armasi bo‘ladi.
Amaliyotda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi – siyosiy masala. Ya’ni texnik tomondan bu kabi zaxiralarni yuritish imkoniyati mavjud, masalaning siyosiy jihati mintaqaviy zaxiralarni joriy etishni murakkablashtiradi. Shuning uchun bugungi kunda mintaqaviy hamkorlik qilish, bug‘doy va un bo‘yicha balanslar tuzish, bugungi kunda mavjud zaxiralarni monitoring qilishda ma’lumot almashishda muloqot olib borish muhimroq bo‘ladi deb hisoblayman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi