
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Prezidentning “Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Bosh prokuratura prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlarining hisoblaridan davlat hokimiyati organlari tomonidan pul mablag‘larining asoslanmagan yechib olinishiga nisbatan murojaatlarni tezkor sudgacha tartibga solishning tezlashtirilgan mexanizmini tatbiq qiladi.
Inkasso topshiriqnomasi tashabbuskoriga 200 BHM o‘lchamida jarima solish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlari hisoblaridan pul mablag‘larini noqonuniy bloklash yoki yechib olishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar uchun javobgarlikning qat’iy choralari belgilanadi.
Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan holatlardan tashqari tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlar bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Moliya vazirligi jarimalardan kelib tushayotgan mablag‘larni davlat hokimiyati organlarining noqonuniy harakatlari tufayli faoliyatiga zarar yetkazilgan tadbirkorlik sub’ektlarining hisoblariga yo‘naltiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar