Tadbirkorlarga soliqlar bo‘yicha qonunda belgilanmagan avans to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi

Tadbirkorlarga soliqlar bo‘yicha qonunda belgilanmagan avans to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Prezidentning “Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Bosh prokuratura prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlarining hisoblaridan davlat hokimiyati organlari tomonidan pul mablag‘larining asoslanmagan yechib olinishiga nisbatan murojaatlarni tezkor sudgacha tartibga solishning tezlashtirilgan mexanizmini tatbiq qiladi.

Inkasso topshiriqnomasi tashabbuskoriga 200 BHM o‘lchamida jarima solish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’yektlari hisoblaridan pul mablag‘larini noqonuniy bloklash yoki yechib olishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar uchun javobgarlikning qat’iy choralari belgilanadi.

Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan holatlardan tashqari tadbirkorlik sub’yektlariga soliqlar bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi.

Moliya vazirligi jarimalardan kelib tushayotgan mablag‘larni davlat hokimiyati organlarining noqonuniy harakatlari tufayli faoliyatiga zarar yetkazilgan tadbirkorlik sub’yektlarining hisoblariga yo‘naltiradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar