06:00 / 25.07.2020
3 143

Vodiy viloyatlarida hududlar meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Vodiy viloyatlarida hududlar meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tumanlar hududlari meva-sabzavotlar, jumladan organik mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bahodir Xoliqov 24 iyul kungi brifingda shu haqda ma’lumot berdi.

Aytilishicha, hozirda bu borada Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Xoliqovga ko‘ra, modernizatsiya loyihasi doirasida intensiv bog‘lar tashkil etishda operator korxonalarni tashkil etib, banklar ishtirokisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirishga 65 million dollar yo‘naltirish belgilangan.

Xoliqov brifing davomida 2020 va 2021 yillarda tashkil qilinadigan intensiv bog‘ plantatsiyalari haqida ham ma’lumot berdi.

«Respublikaning barcha hududlarida 2020 yil kuzda va 2021 yilda kamida 3 ming gektarda eksportbop meva beruvchi plantatsiya shaklida intensiv bog‘larni tashkil qilib, aholiga sotishni yo‘lga qo‘yiladi.

Mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokida Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi yer maydonlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida intensiv ko‘chatchilik loyihalari amalga oshiriladi.

Joriy yil yakuniga qadar Yevropa Ittifoqi grant mablag‘lari hisobiga institutning Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida in vitro laboratoriyasi, Samarqand va Toshkent ilmiy-tajriba stansiyalarida tuproq tahlili, o‘simliklar fiziologiyasi hamda meva navlarini aniqlash laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
», – deydi vazir o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Vodiy viloyatlarida hududlar meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi