16:01 / 15.09.2020
3 376

Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi etib tayinlanadi

Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi etib tayinlanadi
Foto: YEBRR
YETTBning sobiq rahbari Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ladi.

«Men [Prezident Shavkat Mirziyoyevga] islohotlar dasturini amalga oshirishda yordam berish vaqti kelishini orziqib kutyapman», - deb yozgan Suma Chakrabarti Twitter’da.

Suma Chakrabarti 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligacha YETTB prezidenti bo‘lib ishlagan. YETTBga rahbarlik qilishdan avval u Xalqaro taraqqiyot departamentining doimiy kotibi (2002-2007) bo‘lgan va Birlashgan Qirollikning Adliya vazirligida (2007-2012) ishlagan.

Joriy yilning iyul oyida Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari» uchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi etib tayinlanadi