13:42 / 12.10.2020
2 461

Fitch Ratings: O‘zbekiston 2020 yildagi iqtisodiy tanazzullardan xoli bo‘ladi

Fitch Ratings: O‘zbekiston 2020 yildagi iqtisodiy tanazzullardan xoli bo‘ladi
Foto: Glassdoor.com
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi 9 oktabr kuni O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bahosi o‘zgarishsiz BB- («Barqaror») darajada saqlab qolindi.

Agentlik 2020 yilning mart oyidan boshlab 65 foizdan ortiq qayta ko‘rib chiqilgan hisobotlarida reyting ko‘rsatkich baholarini pasaytirgan. Mustahkam hukumat balansi, mo‘’tadil davlat qarzi darajasi va o‘sish sur’atlari O‘zbekiston suveren kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillar sifatida sanab o‘tilgan. Shu bilan birga, institutsional va boshqaruv darajalarining sustligi, yuqori inflyatsiya darajasi va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotining pastligi respublika kredit reytingini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan.

COVID-19 global pandemiyasi davrida O‘zbekiston reytingining barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi. Oltinning yuqori narxi eksport, davlat moliyasi va xalqaro zaxiralar hajmiga ijobiy ta’sir etdi.

Agentlikning fikricha, mustahkam tashqi va fiskal buferlar joriy operatsiyalar hisobi defitsiti va o‘sib borayotgan davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi. Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, 2020 yildagi iqtisodiy tanazzullardan xoli bo‘ladi. Fiskal choralar orqali iqtisodiyotda iste’mol va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va asosiy savdo sheriklarimiz iqtisodiyotining tiklanishi evaziga 2021—2022 yillarda respublika iqtisodi o‘sish 5-5,5 foizni tashkil etadi.

O‘zbekistonning yosh aholisi, investitsiyalarning yuqori darajasi hamda nazorat ostida olib borilayotgan tizimli islohotlar dasturi inqirozdan keyingi ijobiy o‘sishga olib kelishi hisobotda alohida ta’kidlangan. Agentlik ekspertlarining fikricha, 2017 yildan beri amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarga hukumat tomonidan e’tibor katta bo‘lib, ular makroiqtisodiy barqarorlikni yaxshilash, o‘sish istiqbollariga erishish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish, institutsional va boshqaruv sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etishni ta’minlaydi.

Fitch Ratings’da qayd etilishicha, O‘zbekiston suveren kredit reytingi (shu jumladan, reyting prognozi) quyidagi hollarda oshirilishi mumkin:
  • makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlagan holda yuqori iqtisodiy o‘sishga erishilganda;
  • «qonun ustuvorligi», «aholi fikrini inobatga olish va hisobdorlik», «tartibga solish sifati» va «korrupsiyani nazorat qilish» kabi boshqaruv standartlari sezilarli yaxshilanganda;
  • davlat moliyasining fiskal va tashqi zaxiralari sezilarli oshganda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Fitch Ratings: O‘zbekiston 2020 yildagi iqtisodiy tanazzullardan xoli bo‘ladi