Bugun qaysi viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin?

Bugun, 28 sentyabr kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida kechasi hamda ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim paytlarda bulutlilik o‘zgarib turishi kutilmoqda. Poytaxtda yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Harorat kechasi 11–13 daraja, kunduzi esa 23–25 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.






























Izohlar 0
…