O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 24 noyabrdan boshlab dollar kursi ko‘tarildi, deb yozadi Spot.
Banklar asosan AQSH dollarini 10 400 so‘mdan xarid qilmoqda, sotish — 10 450 so‘mdan. Masalan, o‘tgan hafta 10 360 so‘mdan xarid qilingan va 10 430 so‘mdan sotilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 23 noyabr kuni Markaziy bank xorijiy valyutalar kursini yangiladi. AQSH dollari ketma-ket to‘rt haftadan buyon o‘sishni davom etmoqda. 23 noyabr yakunlariga ko‘ra, valyuta birjasida bir AQSH dollar 10 420 so‘mni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2020 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston milliy valyutasining AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi 8,6 foizga qadrsizlangan. Oktabrda esa Markaziy bank so‘mning keskin qadrsizlanishi ehtimolligini past deb baholagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»