14:00 / 02.01.2021
2 404

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqida ma’lumot berdi.
Qo‘mita 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma’lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgan edi.

Qayd etilishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,6 foizni tashkil etgan.

Mamlakatda 2020 yilning iyun va iyul oylarida iste’mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur’ati faqat sentabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan.

Inflyatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflyatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan (nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentabr oyida 1 foiz inflyatsiyaga erishgandi).

Eslatib o‘tamiz, Prezident murojaatnomasida 2021 yilda inflyatsiyani 10 foiz darajasiga tushirish vazifasi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi