date

Rubl yanada qadrsizlanmoqda


Bugun, 1 dekabr kuni dollar va evroga bo‘lgan talab yanada oshdi. Moskva birjasidagi savdolardan so‘ng rublning qiymati sezilarli darajada qadrsizlandi. Dollar kursi 51,81 rubl, evro kursi esa 64,44 rublga tenglashdi. Hali ham bunga asosiy sabab neftning arzonlashishi bo‘lib turibdi.

Rossiya Bankining birinchi rais o‘rinbosari Kseniya Yudaevaning so‘zlariga ko‘ra, uglevodorodlarning narxi bundan keyin ham arzonlashishining ehtimoli yuqori. Buning oldini olish uchun Markaziy Bank reja ishlab chiqdi. U bir barrel neftning narxi 60 dollarga tushganda qo‘llaniladi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rubl yanada qadrsizlanmoqda