2 120
1 apreldan boshlab internet orqali savdo qiladiganlar soliq organlariga xabar berishi shart bo‘ladi
Davlat soliq qo‘mitasi «Elektron tijorat ma’muriyatchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
DSQ mazkur sohada iste’molchilarning huquqlari buzilishi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ta’kidladi:
- bitimlarni, shuningdek, ularni raqamli makonda amalga oshiruvchi shaxslarni hisobga olish va monitoring qilishning samarali mexanizmi mavjud emas;
- elektron tijorat ishtirokchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha instrumentlarning takomillashmaganligi;
- elektron tijorat orqali tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi iste’molchilar huquqlarining himoya qilinmaganligi;
- elektron tijoratning norasmiy sektori rivojlanishi oqibatida soliq bazasining yashirilishi.
1 apreldan boshlab joriy etilishi taklif etilayotgan yangi tartibga ko‘ra, internetda savdo qiladiganlar (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar — Telegram, Instagram, Facebook va boshqalar orqali tovar va xizmatlarni sotadiganlar) soliq organlariga o‘z faoliyatining boshlanishi to‘g‘risida xabar berishlari shart (xorijiy yuridik shaxslar bundan mustasno) bo‘ladi. Bundan keyin esa savdo maydonchasida joylashtirilishi kerak bo‘lgan maxsus raqamli kodni olishlari kerak bo‘ladi.
Tadbirkor tovar-moddiy boyliklarni olish uchun elektron shartnomalar, tovar-transport yuk xatlari va ishonchnomalarni rasmiylashtirish, shuningdek, onlayn rejimda davlat soliq xizmati organlariga elektron tijorat doirasida hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘tkazish funksiyasi mavjud bo‘lgan virtual kassalardan foydalana oladi.
Hujjatga asosan, sotuvchi va yuk tashuvchilar tomonidan tovar-kuzatuv hujjatlarini (hisobvaraq-fakturalar (invoys), yuk xati va boshqa hujjatlarni) «Yuk tashish monitoringi» axborot platformasida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlar tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi bo‘yicha faoliyatini boshlash to‘g‘risida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda xabar beradi. Shu bilan birga, yangi tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish avtomatlashtirilgan tizimi orqali Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron tijorat sub’ektlarining Milliy reyestrini yuritish Davlat soliq qo‘mitasiga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Hozir uni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi boshqaradi.
Davlat soliq qo‘mitasiga 1 sentabrga qadar elektron tijorat sub’ektlarining Milliy reyestrini modernizatsiya qilishni amalga oshirish va uning negizida tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishni ta’minlovchi «E-trade» elektron tijoratni boshqarish bo‘yicha yagona axborot platformasi yaratilishi vazifasi yuklandi.
Huddi shu sanaga qadar, «E-trade» platformasida xaridlar, hisob-kitoblar va elektron cheklar tarixini saqlash imkoniyatini beruvchi shaxsiy kabinetini yaratish belgilanmoqda. Shu bilan birga, Yagona platforma ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Elektron tijorat ishtirokchilari, to‘lov tizimlari tomonidan Yagona platformadan foydalanish, shu jumladan, tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha reklamani joylashtirish bepul tarzda amalga oshiriladi.
Loyiha quyidagi bozor ishtirokchilari uchun imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etadi:
1) O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda realizatsiyani amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yishni 1 aprelga qadar amalga oshirganda hisobga qo‘yish muddatlarini buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi;
2) 2023 yil 1 yanvarga qadar o‘z faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda soliq organlarini xabardor qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshirish natijasida olingan daromad yoki foyda bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq va foyda solig‘ining stavkalari, ular tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi bilan shug‘ullanadigan Elektron tijorat sub’ektlarining milliy reyestriga kiritilgan kiritilmaganligidan qat’iy nazar, 50 foizga pasaytiriladi;
3) 2023 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga tovarlar (xizmatlar) elektron savdosi bilan shug‘ullanuvchi va o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan bitta jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatga olingan tadbirkorlik sub’ektlariga soliq organlarini xabardor qilgan holda quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etilishi rejalashtirilmoqda:
- mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ularni keyinchalik 24 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan;
- ijtimoiy soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha — uni keyinchalik 24 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan.
O‘zgarishlarning kuchga kirishi soliq yig‘ishni 196 milliard so‘mga oshirishi kutilmoqda. Loyiha muhokamasi 7 martga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi