15:45 / 19.03.2021
4 279

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning eng katta boyliklaridan birining zaxirasini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning eng katta boyliklaridan birining zaxirasini ma’lum qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

Biz oxirgi o‘n yilda geologiya bilan shug‘ullanmay qo‘ygandik. Ilm ham yo‘q bo‘ldi, xatto geologiya muzeyini ham buzib tashlaganmiz. Ilgari O‘zbekiston sobiq ittifoqda soha bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lgan.

Men davlat boshqaruviga kelganimdan so‘ng o‘n kun o‘tgach, u vaqtda hali prezident vazifasini bajaruvchi sifatida geologiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzolagan edim. Hozir o‘sha tashabbusning mevasini ko‘ra boshladik, 400 ming tonna mis olishning uddasidan chiqdik.

Hozir dunyoda nima rivojlanyapti? Zamonaviy texnologiyalar, elektromobil ishlab chiqarish kuchayib boryapti. Bitta elektromobilga qancha mis ketishini bilsangiz, o‘n yildan so‘ng uning qadri qanchalik oshishini bilib olasiz. Bizga Allohning o‘zi madadkor bo‘lib turibdi.

Hozir bitta raqam aytaman, O‘zbekistonda 44,7 million tonna mis zaxirasi bor. To‘g‘ri, bizning konlarimizda misning ulushi u qadar katta emas, ammo uni qayta ishlasa bo‘ladi.

Hozir Orol tubida geologiya razvedka ishlari olib borilyapti. Nima uchun Kaspiyda bor konlar Orolda bo‘lmasligi kerak? Qidiryapmiz, yanada chuqurroq tushyapmiz va tabiiy boyliklarimizni topyapmiz. Ammo hozircha raqamlarga to‘xtalmay turgan ma’qul. Vaqti kelganda hammasini ma’lum qilamiz
, — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning eng katta boyliklaridan birining zaxirasini ma’lum qildi