Namangandagi bog‘chada 5 yoshli qiz bilan bog‘liq yangi tafsilotlar: qizaloqning onasi bilan suhbat (video)

1 daqiqa o'qish6.7K
Namangandagi bog‘chada 5 yoshli qiz bilan bog‘liq yangi tafsilotlar: qizaloqning onasi bilan suhbat (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan yangi tafsilotlar tarqalmoqda. Holat bo‘yicha “Millar” milliy kanali muxbiri Nigora Rajabova voqea sodir bo‘lgan hududga borib, ish tafsilotlarini o‘rgangan.

Jurnalist Namangan viloyatida bo‘lib, mahalliy aholidan mazkur holat haqida qanchalik xabardor ekanini so‘ragan. Shuningdek, voqea bilan bog‘liq oilaning xonadoniga borib, bolaning onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida holatga oydinlik kiritish va oilaning voqeaga munosabati haqida ma’lumot olishga harakat qilingan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi hamda 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan K.M. protsessual tartibda ushlangan. Sud tomonidan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Gumon qilinayotgan shaxsning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan hali tasdiqlanmagan.

Qonunchilikka ko‘ra, Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyat uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi. Bunday jinoyatlar uchun jazoni o‘tash bilan bog‘liq ayrim yengilliklar qo‘llanilmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?