Foto: primeminister.kz
Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi «Jibek Joli» o‘tkazuv punktida o‘zaro muzokara o‘tkazdi va «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi quriladigan joyga kapsula qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, tranzit-transport, turizm, kosmik soha, sanoat kooperatsiyasi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, mintaqaviy va chegaraoldi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar davomida avtomobilsozlik, Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yo‘l magistrali qurilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Mamin va Aripov «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini hamda temir yo‘l transportini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.
«Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi «Jibek Joli» (Qozog‘iston) va «G‘ishtko‘prik» (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazuv punktlari hududida barpo etiladi. Markazning umumiy maydoni 400 gektarni, o‘tkazish qobiliyati har ikki yo‘nalishda sutkasiga 35 ming kishi va 5 ming yuk avtomobilini tashkil etadi.
Markaz Qozog‘iston va O‘zbekistonning hamkorlikdagi investitsion loyihalarini amalga oshirish uchun yirik sanoat va savdo-logistika markazi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika hamkorligining joriy masalalarini muhokama qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”