Hisorda noyob qor qoploni fotoqopqonga tushdi

Hisor tog‘larida o‘rnatilgan fotoqopqonlar yana bir noyob jonivorni tasvirga oldi. Bu safar kamyob qor qoploni kameraga muhrlanib, uning hududda uchrashi yana bir bor tasdiqlandi.
Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi xabar berdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qor qoploni Markaziy Osiyodagi eng noyob va kam uchraydigan yirtqichlardan biri hisoblanadi. Uning tabiiy yashash muhitida qayd etilishi hudud ekotizimi saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Ma’lumot uchun, qor qoploni yo‘qolib ketish xavfi ostidagi tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. Shu sababli ushbu noyob jonivorni muhofaza qilish va uning yashash muhitini asrab-avaylash ekologlar oldidagi muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.































Izohlar 0
…