O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, bu esa bozor tamoyillariga o‘tishda, sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish, reja ortidan quvish va majburiy mehnat holatlariga butunlay chek qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. Oxir-oqibat hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda.
Shu jihatdan, prezident Shavkat Mirziyoyev: «Klaster va manfaatdorlik — O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi», degani bejiz emas. Davlat rahbari 2020 yili Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan dehqon va fermerlar, agroklasterlar egalariga yo‘llagan tabrigida «qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga... agroklaster tizimining joriy etilgani qisqa fursatda o‘zining ijobiy samarasini berayotgani»ni e’tirof etib o‘tgan edi.
Quyida paxta-to‘qimachilik, meva-sabzavotchilik va g‘allachilik klasterlari misolida 2018 yildan buyon yuz bergan o‘zgarishlarning bir qismi bilan tanishish mumkin.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari
2018 yilda mavjud 16 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 157,7 ming gektar (respublikadagi paxta ekilgan jami maydonning 14,7 foizi) maydonda 340,6 ming tonna mahsulot yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 21,5 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda tarmoqdagi klasterlar soni 77 ta, ular paxta ekkan maydonlar hajmi 682,4 ming gektarga (jami paxta maydonlarining 66 foizi), mazkur klasterlar tomonidan yetishtirilgan mahsulot miqdori esa 1,82 million tonnaga yetdi. O‘rtacha hosildorlik 26,7 sentnerni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 5,2 sentnerga ko‘p bo‘ldi.
Foto: «Silverleafe.uz»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil dekabrida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida «qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to‘liq xusuciy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o‘rtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratgani»ni ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, 2020 yilda paxta-to‘qimachilik klasterlari soni 97 ta yetdi, ular tomonidan respublikadagi paxta maydonlarining 89,7 foizida — 927 ming gektar dalalarda 2,79 million tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi, bir gektardan o‘rtacha hosildorlik 30,1 sentnerni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 3,4 sentnerga, 2018 yilga nisbatan esa 8,6 foizga ko‘p bo‘ldi.
Klasterlarning bunday samaradorligi, albatta, manfaatdorlik bilan bog‘liq, manfaatdorlik bor joyda esa bir qarich yerdan ham samarali foydalanishga, bir tomchi suvni ham uvol qilmaslikka intilish bo‘ladi. Bu so‘zlarni quyidagi raqamlar tasdiqladi — 2019—2020 yillarda 21 ta paxtachilik klasterlari tomonidan jami 6 824 gektar, jumladan 2019 yilda 6 ta klasterda 2 213 gektar, 2020 yilda 15 ta klasterda 4 611 gektar yer maydonlari qayta foydalanishga kiritildi, klasterlar tomonidan 1,9 ming kilometr irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tozalash va 52 ta nasos agregatlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Paxtachilik sohasida klaster tizimini joriy etilishi natijasida paxta yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi va qo‘shimcha rag‘batlantirishni 1,5-1,6 barobarga oshirishga erishildi. Jumladan, paxta yetishtirishda 1 nafar ishchining o‘rtacha oylik ish haqi 2018 yilda 865,7 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 1,4 million so‘mga (yoki 162 foizga), 2020 yilda esa 2—2,2 million so‘mga (yoki 150 foizga) oshdi.
Klasterlar tomonidan 2018—2020 yillarda paxta xom ashyosi yetishtirish va uni qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarda jami 145,7 mingta, shundan 2018 yilda 10 ming, 2019 yilda 48,5 ming, 2020 yilda 87,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, 2020 yilda paxtani qayta ishlash zanjirini yaratish bo‘yicha 18 ta klaster tomonidan ishga tushirilgan 774 milliard so‘mlik 29 ta investitsiya loyihalarida 6 264 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Birgina misol — Quyi Chirchiq tumanidagi TCT Cluster klasteridagi hozirda salkam 9 ming kishi mehnat qilmoqda.
E’tiborga molik tomoni, paxtachilikda klaster tizimi joriy etilgan 2018 yildan beri klasterlar tomonidan jami 1,41 milliard dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilindi. Xususan, paxtani dastlabki qayta ishlash sohasida 1,16 million tonna quvvatga ega 27 ta loyiha uchun 115 million dollar, 548 ming tonna quvvatga ega 41 ta ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi uchun 831 million dollar, 161 ming tonna quvvatga ega 34 ta mato ishlab chiqarish va bo‘yash loyihasiga 231 million dollar, 148 ming tonna quvvatga ega 23 ta trikotaj (tikuv) mahsulotlari loyihasiga 234 million dollar jalb qilingan.
Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan klasterlarning 14 tasida (14,4 foizida) paxtani qayta ishlashning 5 ta bosqichi, 15 tasida (15 foizida) 4 ta bosqichi, 19 tasida (19,6 foizida) 3 ta bosqich, 30 tasida (30 foizida) 2 ta bosqich va 8 tasida (8,2 foizida) 1 ta bosqich qamrab olingan. Qayd etish joiz, 2021 yilda paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxtani chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 23,71 trillion so‘mlik (shundan 6,0 trillion so‘m klasterlarning o‘z mablag‘i) 225 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, klasterlarning o‘ziga 38 ming kilometr sug‘orish tarmoqlari, 27,8 ming dona gidrotexnik inshootlar va 24 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoqlari biriktirildi hamda 160 ming gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etiladi.
Meva-sabzavotchilik klasterlari
Manfaatdorlik ustuvor bo‘lgani uchun ham, meva-sabzavotchilik klasterlari har bir imkoniyatdan unumli foydalanish payida. Yaqqol misol — Namangan viloyati Pop tumanidagi «Nuran uz» klasteri. Klaster egalari Ispaniyadan maxsus navli o‘rik ko‘chatlarini olib kelib, ularni 100 gektar maydonga ekkan. Qayd etishlaricha, ushbu navdagi o‘riklar gektaridan 70 tonnagacha meva beradi. Bu — har gektaridan 50 ming dollarlik meva eksport qilish mumkin, degani.
Umuman olganda, 2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda jami 147 ta klaster tashkil etilib, ularga 116 ming ga yer maydonlari ajratib berildi. Ushbu klasterlarda quvvati 927,8 ming bo‘lgan 75 ta qayta ishlash zavodlari, 126 ming tonna sig‘imga ega 79 ta muzlatkichli omborxonlar mavjud bo‘lib, jami 1151 ta qishloq xo‘jalik texnika va agregatlar bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, klasterlarda 28,9 ming gektar mahalliy, 10,8 ming gektar intensiv bog‘ va 19,7 ming gektar tokzorlar mavjud. Klasterlarga biriktirilagan fermer xo‘jaliklari tomonidan 3,2 ming gektar intensiv bog‘ va 5,3 ming gektar yangi tokzorlar barpo etilib, 4,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, 2020—2021 yillarda 331,1 ming tonna quvvatga ega, qiymati 1,11 trillion so‘mlik 84 ta yangi loyihalarni ishga tushirildi.
Nafaqat oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlashda, balki, yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatning eksport imkoniyatlarini oshirishda ham bunday klasterlar alohida o‘ringa ega. 2020 yil hosilidan klasterlar tomonidan 1,2 mln. tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilib, mahsulotlarning 526,6 ming tonnasi ichki iste’molga, yana 500 ming tonnasi qayta ishlashga yo‘naltirildi, 153,7 million dollarlik 180,4 ming tonna mahsulot esa eksportga chiqarilgan.
G‘allachilik klasterlari
G‘allachilik klasterlari tomonidan 2020 yilda jami 838,7 ming tonna shundan, klasterlarga ajratilgan g‘alla maydonlardan 233,8 ming tonna, biriktirilgan fermer xo‘jaliklarida 604,8 ming tonna boshoqli don yetishtirildi. Barcha g‘allachilik klasterlari davlatga boshoqli don sotish kontraktatsiya shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarib, davlat ehtiyojlariga 366,2 ming tonna don sotildi.
G‘allachilik klasterlari tomonidan 2020 yilda qiymati 547,2 milliard so‘m (shundan salkam 194 milliard klasterlarning o‘z mablag‘lari) va 20,3 million dollar miqdorida xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga 65 ta loyiha ishga tushirilib, 3695 ta doimiy ish o‘rinlari yaratildi.
2021 yil hosili uchun 157 ta g‘allachilik klasterlariga 1038 ming gektar g‘alla maydoni biriktirildi. Ular tomonidan jami 9 million tonna boshoqli don yetishtirilishi kutilmoqda. Klasterlar tomonidan 234 ming tonna don saqlaydigan ochiq maydonlar, 166 ming tonna yopiq omborlar, 156 ming tonna un mahsulotlari, 3,8 ming tonna non va non mahsulotlari hamda 79 ming tonna ozuqa-yem ishlab chiqarish quvvatiga ega sexlar ishga tushiriladi.
Foto: «Spot.uz»
Shuningdek, bu yilda 162,6 milliard so‘mlik 632 dona qishloq xo‘jaligi texnika va uskunalari, jumladan, 62 dona haydov texnikasi, 45 dona omoch, 24 dona yer tekislagich (11 donasi lazerli yer tekislagich), 45 dona mineral o‘g‘it sepish moslamasi, 54 dona don ekish seyalkalari, 51 dona shtangali purkagichlar, 33 dona transport traktori, 20 dona don o‘rish kombaynlari, 22 dona ekskavator 183 dona borona va 49 dona boshqa turdagi texnika va tirkamalar sotib olinadi.
Yuqorida keltirilgan raqamlar — qishloq xo‘jaligidagi yangi tizim sharofati bilan qo‘lga kiritilgan yutuqlarning kichik bir qismi, xolos. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi