Karina Kapur va Shohrux Xon 15 yildan so‘ng yana birga ko‘rinishi mumkin

Karina Kapur va Shohrux Xon 15 yildan so‘ng yana birga ko‘rinishi mumkin

Bollivud yulduzlari Karina Kapur va Shohrux Xon 15 yildan so‘ng yana bir loyihada birga suratga tushishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Karina Shohrux Xon bosh rolni ijro etayotgan «King» filmida «Daddy Cool» deb nomlangan maxsus musiqiy sahnada ishtirok etadi.

Pinkvilla ma’lumotiga ko‘ra, Karina mazkur qo‘shiqni Shohrux Xon bilan Janubiy Afrikada shu oy oxirida suratga oladi. Aktrisa suratga olish ishlari uchun besh kun vaqt ajratgani aytilmoqda. Katta ko‘lamda tayyorlanayotgan qo‘shiq filmning muhim musiqiy sahnalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarlarda «Daddy Cool» qo‘shig‘i Sachin-Jigar tomonidan bastalangani, unda hindistonlik va xalqaro san’atkorlar ham ishtirok etishi mumkinligi qayd etilgan. Biroq xalqaro ijodkorning nomi hozircha oshkor qilinmagan.

Karina Kapur va Shohrux Xon avval «Kabhi Khushi Kabhie Gham», «Asoka» va «Ra.One» kabi filmlarda birga ishlagan. Ularning so‘nggi hamkorligi 2011 yilda «Ra.One» filmida bo‘lgan. Shu sababli «King»dagi ehtimoliy uchrashuv aktyorlarning qariyb 15 yildan keyingi birgalikdagi ko‘rinishi bo‘ladi.

«King» filmiga Siddharth Anand rejissyorlik qilmoqda. Film premerasi 2026 yil 24 dekabrga rejalashtirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar