3 087
Qo‘chqorov pandemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining asosiy sabablaridan birini aytdi
Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar mamlakatga ijobiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga imkon berdi. Bu haqda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov aytib o‘tdi.
«Pandemiyaga qaramay, biz erishgan iqtisodiy o‘sish pandemiya boshlanishidan oldin amalga oshirilgan islohotlarning natijasidir», dedi Qo‘chqorov kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyoti 2019 yilga nisbatan 1,6 foizga o‘sdi. Pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramay, 2020 yilda davlat budjeti daromadlari 128,7 trillion so‘m prognozga nisbatan 132,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Daromadlar 2019 yilga nisbatan 20,8 trln so‘mga o‘sdi.
Qo‘chqorov pandemiya iqtisodiy siyosat kun tartibiga bir qator jiddiy o‘zgarishlar kiritganini ta’kidladi. Natijada, 2020 yilning dastlabki uch choragida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash va pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha iqtisodiy choralar bilan band edi.
Shunga qaramay, vazirning so‘zlariga ko‘ra, hukumatda «davom ettiriladigan qat’iy islohot dasturi mavjud».
«Mamlakat rahbariyati aynan iqtisodiy islohotlar iqtisodiy o‘sish, odamlar farovonligini yuksaltirish va kambag‘allikni kamaytirish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bizning oldimizda iqtisodiy o‘sish va aholi jon boshiga YAIMni oshirish bo‘yicha juda katta vazifalar turibdi», dedi Qo‘chqorov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi