O‘zbekiston YAIMi 2026 yilda 180 milliard dollardan oshishi mumkin

1 daqiqa o'qish107
O‘zbekiston YAIMi 2026 yilda 180 milliard dollardan oshishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev TIIF-2026 xalqaro investitsiya forumida so‘zga chiqib, O‘zbekistonga investitsiyalar oqimi so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshganini ta’kidladi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, mamlakat so‘nggi besh yil davomida jami 123 milliard dollar investitsiya jalb qilgan.

Davlat rahbari O‘zbekiston teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor bo‘lgan investorlar uchun ochiq ekanini alohida qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar sharoitida investorlar huquq va erkinliklari kafolatlangan, istiqboli keng davlatlarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda.

«To‘rt yil avval biz 2026 yil yakuni bilan yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan edik.

Prognozlarga ko‘ra, bu yil yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz hajmi 180 milliard dollardan oshadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning ta’kidlashicha, iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar iqtisodiyot o‘sishining muhim omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?