Foto: Getty Images
Butun dunyoda AQSHda defolt yuz berishi mumkinligi haqida gapirishmoqda. Iyunda Amerika davlat qarzi 28,5 trillion dollarga yetdi. Jo Bayden hukumat defolt e’lon qilmasligiga kafolat berolmasligini aytdi. Agar AQSH inqirozga yuz tutadigan bo‘lsa, bu qator mamlakatlarni “qulatishi” mumkin.
AQSH defolti to‘g‘risidagi gaplar qayerdan kelib chiqdi?
1 avgustda AQSHda davlat qarziga cheklov kuchga kirdi. Bu cheklov 2 yil davomida amal qilmagandi. Kongress defolt yuz bermasligi uchun davlat qarzi limitini oshirishni 1 oktabrgacha ma’qullashi kerak edi. Ammo respublikachilar bu taklifni bloklashdi. Shundan so‘ng AQSH prezidenti Jo Bayden defolt yuz bermasligiga kafolat yo‘qligini e’lon qildi.
Kongress davlat qarzi limitini oshirishni 18 oktabrgacha ma’qullashi lozim. Aks holda Vashingtonda defoltning oldini olish uchun resurslar tugaydi. Bu haqda AQSH moliya vaziri Janet Yellen ma’lum qildi.
Defolt pandemiyadan so‘ng tiklanishga harakat qilayotgan iqtisodiyot uchun falokat bo‘ladi. Real YAIM qariyb 4 foizga tushib ketadi, qariyb olti million ish o‘rni yo‘qotiladi, ishsizlik darajasi esa 9 foizgacha o‘sadi. Bu haqda Moody’s xalqaro reyting agentligi yetakchi iqtisodchisi Mark Zandi o‘z tadqiqotida ma’lum qildi. Bunda faqat AQSHgina jabr chekmaydi.
AQSHdagi defolt – jahon iqtisodiyotining inqirozi
«360» suhbatlashgan «Finam» kompaniyalar guruhi tahlilchisi Aleksey Korenevning qayd etishicha, agar AQSHda defolt yuz bersa, butun dunyo «qulaydi». Buning esa birgina oddiy sababi bor: AQSH Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab butun dunyoni dollar va Amerika iqtisodiyotiga qaramlik tizimiga bog‘lab qo‘ygan.
Dollar dunyodagi asosiy to‘lov tizimi hisoblanadi, deydi iqtisodchi. Barcha to‘lovlarning 49 foizga yaqini dollar bilan bog‘liq. Shuningdek, jahon savdosining asosiy hajmi aynan dollarga to‘g‘ri keladi. U eng ishonchli valyuta, AQSH iqtisodiyoti esa eng yuqori reytingga ega.
«360» suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, agar AQSH 30 foizga “o‘tirib qolsa”, rivojlanayotgan davlatlarda 50-60 foiz pasayish yuz beradi. Defolt yuz berganida AQSH uchun asosiy qarzdor Xitoy ekanligi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi, chunki Xitoy dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti hisoblanadi.
«Agar Amerika qarzi qulasa, birinchi o‘rinda Xitoy qulaydi. Qayerga qaramang, Xitoy bilan bog‘liq narsani ko‘rasiz: Xitoy telefoni, Xitoy televizori, Xitoy soati», — dedi Korenev.
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Mixail Belyayevning qo‘shimcha qilishicha, AQSHda defolt yuz bergan taqdirda dunyo iqtisodiyoti parokanda bo‘lib ketadi.
«360»ning har ikkala suhbatdoshi AQSHda defolt yuz berishi ehtimoli kamligini qayd etishdi. Ularning fikricha, Amerika iqtisodiyoti hozircha barchasini uddalaydigan holatda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin