“Transneft”: Rossiyada neftning yangi turi paydo bo‘lishi mumkin


Rossiyada yuqori oltingugurtli neft eksportini alohida yo‘nalishga ajratish loyihasi amalga oshirilgandan keyin Iroqning Kirkuk va Basrah Blend neft turlariga o‘xshash yangi neft turi paydo bo‘ladi. Bu haqda “Transneft” ekspert kengashi yig‘ilishida kompaniyaning vitse-prezidenti Sergey Andronov ma’lum qildi.
Yuqori oltingugurtli neftni alohida eksport yo‘nalishiga ajratish loyihasi “Transneft” tomonidan Rossiya Energetika vazirligi buyrug‘i bilan amalga oshirilmoqda.
Kompaniya vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, taxminiy bahosi 2,5 mlrd rublni tashkil qiladigan ushbu loyiha Ust-Lug porti orqali yiliga 23 mln tonna neft eksport qilishga imkon beradi.
Tatariston, Boshqirdiston, Udmurdiston hududlarida va qisman Orenburg viloyatida olingan xom ashyodan shakllantiriladigan yangi neft turi o‘z tarkibida 2,1-2,3 foiz oltingugurtni saqlaydi.
Manba: www.kun.uz























Izohlar 0
…