Foto: news.un.org
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi global iqtisodiy o‘sishni 1 foizga pasaytirishi mumkin, deyiladi BMTning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) hisobotida.
«O‘tgan yilning sentabrida jahon iqtisodiyoti 3,6 foizga o‘sishi taxmin qilingandi. Endilikda o‘sish 2,6 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda va buning asosiy sababi Ukrainadagi urush», - dedi YUNKTAD globallashuv va taraqqiyot strategiyasi bo‘limi direktori Richard Kozul-Rayt.
Qayd etilishicha, inflyatsiya o‘smoqda, rivojlanayotgan mamlakatlar esa bir trillion dollarlik qarzga ega.
YUNKTAD hozirgi vaziyatda rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha avval qabul qilingan moliyaviy choralar yetarli emasligini bildirdi.
«Jahon iqtisodiyoti istiqbollari shiddat bilan yomonlashmoqda, bu yil jahon iqtisodiyotining o‘rtacha o‘sishi 2,6 foizni tashkil etadi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 5,5 foizga teng bo‘lgandi», - dedi YUNKTAD bosh kotibi Rebeka Grinspan.
Grinspan XVJ va Jahon bankini zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi