Gurlan hokimi yuqoriroq lavozimga tayinlandi

1 daqiqa o'qish1.6K
Gurlan hokimi yuqoriroq lavozimga tayinlandi
Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U o‘tgan yili noyabrda faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar uchun hayfsan olgan, joriy yil fevralida esa klaster bilan shartnoma tuzmay, kooperativlarga uyushmoqchi bo‘lgan fermerlarga “statyalar” bilan tahdid qilgandi.

Achilov Murodjon Azamatovich Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2020 yil aprel oyidan buyon Gurlan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin, 2018 yildan boshlab “Agrobank” boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

Achilov 2021 yil noyabrida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan deb topilgan Xorazmdagi 12ta tuman-shahar hokimlari qatorida hayfsan olgan edi.

2022 yil fevralida esa Kun.uz'ga Gurlan hokimi ishtirokida o‘tgan yig‘ilish audiosi kelib tushgan, unda hokim kooperativlarga uyushish istagida bo‘lgan fermerlarga tahdid qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Hokim fermerlar ishtirokidagi hamkorlik shakli – kooperatsiyani “bo‘ladigan narsamas” deb atab, “kooperatsiyani o‘sha vaqtda bizlar o‘ylab topganmiz, ammo bu “pustoy” narsa” degan va mahalliy klaster bilan shartnoma tuzishga fermerlarni qat’iy ohangda chorlab: “Ertaga yomonotliq bo‘lganing qoladi, yeringdan ajraganing qoladi”, “Boshqa-boshqa statyalar chiqib keladi” degandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?