14:44 / 12.06.2022
1 722

Surxondaryoda bir necha fuqarolar IIB tomonidan majburan olib ketilayotgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Surxondaryoda bir necha fuqarolar IIB tomonidan majburan olib ketilayotgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha fuqarolar IIB tomonidan olib ketilayotgani aks etgan video tarqaldi. Tarmoqda tarqalgan videoda voqea Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgani, janjal fuqaroning uyi va g‘ishtxonasi MIB tomonidan buzib tashlangani oqibatida kelib chiqqani aytilgan. MIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2022 yil 2 fevraldagi sud qaroriga asosan javobgarlar B.I., J.N., I.N., G‘.O. va G.I.ni Oltinsoy tumani «Gulchechak» mahallasida joylashgan noturar joy (parrandachilik fermasi) binosining yer maydoni qurilgan g‘isht zavodi, yashash uyi, molxona va boshqa qurilmalarni qarzdorlar hisobidan buzish hamda uy-joydan chiqarish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan va javobgarlarga bir necha bor sud qarori tushuntirilib, ogohlantirilgan. Biroq javobgarlar sud qarori talablarini bajarmasdan o‘z ixtiyorlari bilan qurilmalarni buzmagan.

Shundan so‘ng byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan va 8 iyun kuni majburiy ijro tayinlanib, tegishli tashkilotlar ishtirokida majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida javobgarlar tomonidan qarshiliklar ko‘rsatilgani sababli ichki ishlar xodimlari tomonidan ishtirokchilarning xavfsizligi ta’minlangan.

Qayd etilishicha, hozirda majburiy ijro harakatlari keyingi davrda amalga oshirish uchun qoldirilgan. Holat natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda bir necha fuqarolar IIB tomonidan majburan olib ketilayotgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi