AOKAning «Paxtakor» stadionida jurnalist IIB xodimi tomonidan kaltaklangani yuzasidan yuborgan so‘rovi o‘rganilmoqda

2 daqiqa o'qish1.7K
AOKAning «Paxtakor» stadionida jurnalist IIB xodimi tomonidan kaltaklangani yuzasidan yuborgan so‘rovi o‘rganilmoqda
Foto: Facebook
Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadionida 11 iyun kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston—Iroq o‘yinini yoritishga borgan «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirchisiga Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuch ishlatilgani, kamerasi tortib olingani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yuborgan so‘rovni o‘rganib chiqayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 10-moddasida davlat jurnalistga axborotni erkin olishini va tarqatishini kafolatlashi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishda uning himoya qilinishini ta’minlashi lozimligi, 14-moddada esa jurnalistning ushbu huquqlarini buzganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

- Prokuratura tomonidan ushbu yuzaga kelgan holat vakolat doirasida o‘rganib chiqiladi va ishtirokchilar harakatlariga huquqiy baho beriladi. Qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, aybdorlarga qonun doirasida choralar ko‘rilishi ta’minlanadi, — deyiladi Bosh prokuratura munosabatida.

«Paxtakor» stadionida yuz bergan holat

11 iyun kuni Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston—Iroq o‘yinini yoritishga borgan «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirchisiga Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuch ishlatilgani, kamerasi tortib olingani haqida xabar tarqalgan. AOKA mazkur holatga munosabat bildirib, jurnalistlarining kaltaklangani yuzasidan Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va IIVga so‘rov yuborgan.

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, telekanal jurnalistlari stadionga kirishda janjal uyushtirgan fuqarolar orasida bo‘lgan va operator o‘sha yerda jarohatlangan.

Andijon shahridagi «Yangi bozor» savdo majmuasida esa odamlarga navbat bilan arzonlashtirilgan shakar sotish jarayonini tasvirga olishga uringan jurnalistning telefoni tortib olingan. «Bir qancha urinishlardan so‘ng ham smartfon qaytarib berilmayapti. Yagona sharti – kuch ishlatish yo‘li bilan olingan va IIB xodimining kuch ishlatgani hamda telefonni tortib olgani suratga olingan videoni o‘chirib yuborish ekan», — deyiladi xabarda.

Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, muxbir odamlarning navbatini va o‘zaro gap talashayotganini tasvirga olish vaqtida, fuqarolar tomonidan ularning yuzlarini tasvirga olishiga e’tiroz bildirilgan. Shundan so‘ng, IIB xodimi jurnalistdan ularning huquqlarini poymol qilmasdan tasvirni o‘chirib tashlash talab qilingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?