Toshkentda kanalda ikki kishi cho‘kib ketdi

Toshkentda kanalda ikki kishi cho‘kib ketdi
Qisqacha

Toshkentdagi «Xotira xiyoboni» yodgorlik majmuasi yaqinidagi kanalda ikki kishi cho'kib vafot etdi. Milliy gvardiyaning 21 yoshli harbiy xizmatchisi suvga tushib ketgan ayolni qutqarishga urinish vaqtida halok bo'ldi. Kuchli oqim va girdob sababli ular suvdan mustaqil chiqib keta olmagan. O'tkazilgan qidiruv ishlari natijasida o'sha kunning o'zida har ikki fuqaroning jasadi topildi.

Toshkentda Milliy gvardiyaning 21 yoshli harbiy xizmatchisi ayolni qutqarishga harakat qilgan vaqtda vafot etdi.

Voqea «Xotira xiyoboni» yodgorlik majmuasi yaqinidagi kanalda yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol suvga tushib ketgan. Harbiy xizmatchi uni qirg‘oqqa olib chiqish uchun suvga kirgan.

Ammo kanaldan o‘tayotgan kuchli oqim va girdob vaziyatni og‘irlashtirgan. Ular suvdan mustaqil chiqib keta olmagan.

Keyinchalik qidiruv ishlari natijasida har ikki fuqaroning jasadi topilgan. Jasadlar o‘sha kunning o‘zida aniqlangani aytilmoqda.

Hozircha voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar