Buxoroda hamshira 1700 dollar pora bilan ushlandi

1 daqiqa o'qish2.1K
Buxoroda hamshira 1700 dollar pora bilan ushlandi
Buxoroda fuqaroni ishga joylashtirish evaziga pora olgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamshirasi qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Murodjon Rahmatullayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasiga ishga kirishi evaziga undan yirik miqdorda pora talab qilinayotganini aytgan. Ariza yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi Romitan tuman bo‘limi hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kichik tibbiy hamshirasi 41 yoshli G.J. fuqaro G.A.ni aldab, Buxoro shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga ishga joylashtirishi evaziga undan 1700 dollar talab qilgan. G.A. buncha miqdorda pul berishga sharoiti yetmasligini tushuntirishiga qaramay, hamshira talabini qo‘yishda davom etgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan uyushtirilgan tadbirda hamshira avtobekat oldida kimyoviy ishlov berilgan 1700 dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan G.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?