Qashqadaryoda ikki kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar pora olgan shaxs qo‘lga tushdi

1 daqiqa o'qish1.5K
Qashqadaryoda ikki kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar pora olgan shaxs qo‘lga tushdi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O.T. fuqarolar F. va M.ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining tarix va boshlang‘ich ta’lim fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tuman pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari Sh.Q. fuqaro N.ni 5 million so‘m evaziga ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, shundan 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?