Foto: Muhammad Ismoil
Taniqli shoir va yozuvchi Muhammad Ismoil 25 yoshli o‘g‘lini shu yilning 8 iyun kuni Ohangaron tumanida mashina urib ketganini ma’lum qildi.
«Facebook»dagi sahifasida yozishicha, farzandini yuqori tezlikda kelayotgan mashina piyodalar o‘tish yo‘lagida urib ketgan.
«Mana bugun beshinchi kun. O‘g‘lim reanimatsiyada. Nima qilishni bilmay boshim qotib qoldi. O‘zimni qo‘yarga joy topolmayman», — deb yozadi Muhammad Ismoil.
«... hammasi ko‘z oldimda sodir bo‘ldi. Besh-olti kishi odamlar yo‘lagi uchun chizilgan chiziq ustida ketayotgan edik. Bir mashina 300-400 metr naridan uchib kela boshladi. Men “to‘xta, to‘xta” ishorasini qilib, qo‘l ko‘tarib, hay-hayladim. Mashina tormozni ham bosmay, besh kishining ustiga o‘zini soldi. Hamma har yoqqa otildi, mashina kelib o‘g‘limni urdi, o‘g‘lim uch metr nariga uchib tushdi. Hammasi ko‘z oldimda sodir bo‘ldi. Voy-dod deb o‘g‘limning ustiga o‘zimni tashladim. O‘g‘limni ko‘taray desam, ikki oyog‘i osilib yotibdi. Ikki oyog‘ining suyaklari sinib ketibdi», – davom etadi u.
Foto: Muhammad Ismoil / Facebook
Ota o‘g‘lini 5 kundan beri Ohangaron shifoxonasidan Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga olib kelishga ojiz qolayotganini aytadi.
«Men yer-u ko‘kka sig‘mayapman, o‘g‘limga yordam beringlar, odamlar. Iltimos, o‘lib qolmasin bolam, duo qilinglar. Beozor, umrida biror bir insonga qattiq gapirmagan, birovga ozor bermagan bolam. Hatto, uni urib yuborgan haydovchiga ham, bor yo‘g‘i, «Voy-bo‘ muncha...» dedi. Farishta ham bunchalik beozor bo‘lmasa kerak.
Iltimos odamlar, maslahat beringlar, nima qilay? Boshim qotib qoldi. Nima qilsam, o‘g‘lim tezroq shifo topadi. Tezroq sog‘ayadi? Iltimos, yordam beringlar!», — deya zorlanadi yozuvchi.
Muhammad Ismoilning aytishicha, shifokorlar bemorga yetarlicha qarashmagan. Farzandiga bosh miyaning yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng son suyagining o‘rta uchligining yopiq siljib sinishi, chap boldir suyagining o‘rta uchligidan sinib siljishi kabi bir qator tashxislar qo‘ygan.
Shunday og‘ir ahvolda 5 kundan beri Ohangarondagi shifokorlar «o‘zimiz davolaymiz» deb olib o‘tirishibdi, ammo hali ham operatsiya qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda