O‘zbekistonliklar to‘yda kuyov kelinni urgani aks etgan videoga qanday munosabat bildirdi?

2 daqiqa o'qish2.4K
O‘zbekistonliklar to‘yda kuyov kelinni urgani aks etgan videoga qanday munosabat bildirdi?
To‘y inson uchun hayotdagi eng baxtli kunlaridan biri hisoblanadi. O‘zbeklarning mehmondo‘stligi haqida gap ketganda o‘zbekona to‘yni ham alohida eslab o‘tishadi. So‘nggi yillarda to‘ylar borasida ham ko‘p fikrlar aytib kelinmoqda. Xususan, uni ixchamroq qilish, kamxarj qilib o‘tkazish kabi.

To‘ylarda kutilmagan holatlar, ko‘ngilsiz voqealar bo‘lib turadi. O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ana shunday videolardan biri bugun Germaniyaning yetakchi nashri, Janubiy Koreyaning televideniyelari e’tiboriga tushdi.

Nozima Mahmudovaning Facebook tarmog‘ida yozishicha, ushbu holat ikki yil avval Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan. To‘y shu vaqtda to‘xtatilgan, kelinni olib ketishgan, hozir ikkalasining ham oilasi bor.

O‘zbekistonliklar to‘yda sodir bo‘lgan mazkur holatga qanday munosabat bildirdi? «Daryo» jamoatchilik tomonidan aytilgan fikrlarni bir joyga to‘pladi.

«Xotinini urgan kimniki ko‘rgan bo‘lsam, bari qo‘rqoq bo‘lgan»
Otalar, iltimos, qizlaringizni birortasiga uzatishdan avval kuyov bo‘lmishni chaqirib, suhbatlashib ko‘ringlar. Yo‘qsa, mana bunga o‘xshagan xezalaklar «lotereya»ngizdan chiqishi hech gapmas.

Shu o‘rinda, hayotiy bir xulosamni ham aytib qo‘yay. Xotinini urgan kimniki ko‘rgan bo‘lsam, bari qo‘rqoq bo‘lgan. Shu paytgacha rujulati baland erkak ayoliga qo‘l ko‘targanini ko‘rmaganman.
«Devonayi Haqgo‘y» Telegram-kanali


«Biz esa qiziqmadik ham, kim bu jinoyatchi...»
Manavi «yigit« bizni butun dunyoga mashhur qilishda davom etmoqda.

Koreya telekanallarida ham ko‘rsatishibdi.

Germaniyaning mashhur Bild nashrida ham bu haqida maqola chiqibdi.

Biz esa qiziqmadigam kim bu jinoyatchi...

Karislar nima deyishganini bilmadimu, nemislar «O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik bu har kuni non sotib olishday oddiy hol», demoqda. Aslida, nemislar tushunmaydi, bizda hatto non ham qimmat, ayol qadrini esa manavinaqa «qahramon»lar sariq chaqa qilib tashlashyapti...
Nurbek Alimov, bloger


«Bizga dushman kerak emas»
O‘zimiz o‘zimizni sharmanda qilamiz. Borimiz shu.

Hamma ham bunday emas-ku, deyishingiz mumkin. Lekin bu video jamiyatimizda ayollarga bo‘lgan munosabatni ko‘rsatib turibdi. Videoga olinmaganlari qancha…

Kuyov kelinni to‘yda urgan videoni ataylab yuklamagandim. Nafratlanganimdan. Qarasam, bu video AQSH, Germaniya, Yaponiya, Koreya televideniyesida chiqib ketibdi…

Ayollarni e’zozlang!
«Troll.uz» loyihasi


«Balki, chindan ham yoshlar baxtli yashayotgandir?»
To‘yda kelinbolaning boshiga musht tushirgan kuyov videosi butun dunyoni aylanib chiqibdi o‘ziyam. O‘zbek mentalitetini «tushunmaydigan» xorijdagilarga bu harakat o‘taketgan vahshiylik ko‘ringani tayin.

Shu voqea qachon va qayerda ro‘y berganini kimdir bilsa, @shokirjonovbot’ga yozib yuborsin, voqea qahramonlari bilan bir gaplashaylik. Balki, chindan ham mahalla-ko‘y, qarindoshlar o‘rtaga tushib, yoshlar baxtli yashayotgandir?
Shuhrat Shokirjonov, jurnalist


«Juda-juda sharmandagarchilik endi bu»
Hech kim o‘rnidan turib, kuyovni o‘ziga yarasha kaltaklamaydi. Hech kim politsiyaga xabar bermaydi. Bu narsa bo‘lishiga shubha qilish mumkin, chunki O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik har kuni non sotib olishdek oddiy hol. Hatto tok-shoularda ayollar o‘zlariga nisbatan zo‘ravonlik haqida gapirishadi.

Bu Germaniyaning Bild nashri tomonidan mana bu video haqida bildirilgan fikr, o‘rtoqlar. Juda-juda sharmandagarchilik endi bu. Videodagi holat ham, shu ishni qilgan yigit ham va o‘zi umuman bu kabi holatlarning bo‘lishi ham absurd.

Germaniyaliklar ham bilishadi ayollarimiz ayrim tok-shoularda zo‘ravonliklar haqida gapirishlarini. Yaxshi emas bu. Juda yomon holat. Ahvol shu.

«Safar» Telegram-kanali
Twitter tarmog‘i foydalanuvchilari ham ushbu holatga o‘z munosabatlarini bildirishgan.
O‘zbekistonliklar to‘yda kuyov kelinni urgani aks etgan videoga qanday munosabat bildirdi?
Skrinshot: Twitter
O‘zbekistonliklar to‘yda kuyov kelinni urgani aks etgan videoga qanday munosabat bildirdi?
Skrinshot: Twitter
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?