Samarqandda soxta ichki ishlar xodimasi ushlandi
1 daqiqa o'qish1.4K

Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida soxta ichki ishlar xodimasi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, patrullik tekshiruv tadbirlari davomida tumanning «Mehrjon» mahallasi hududida fuqaro I.N. ichki ishlar organlari xodimlarining kiyimida (yengi kalta ko‘k ko‘ylak, shim, bosh kiyimsiz va pogonlarsiz) yurgani aniqlangan.
O‘tkazilgan suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, ayol formani Samarqand shahrida joylashgan chevarxonalardan sotib olgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…