To‘qayev Qozog‘iston nomini o‘zgartirish taklifiga munosabat bildirdi

1 daqiqa o'qish4.3K
To‘qayev Qozog‘iston nomini o‘zgartirish taklifiga munosabat bildirdi
Foto: Tengrinews
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston nomini o‘zgartirish taklifiga munosabat bildirdi, deya yozadi Tengrinews nashri.

«Ba’zi fuqarolar referendum paytida davlat nomini o‘zgartirishni taklif qildi. Ularning fikricha, mamlakat nomi yakunidagi «iston» qo‘shimchasi Qozog‘iston va butun Osiyo uchun begona. Men buni asosli deb ayta olmayman. Chunki dunyoda Pokiston, Hindiston, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari kabi davlatlar bor», — dedi To‘qayev Milliy qurultoyning birinchi yig‘ilishida.

Prezident mustaqil Qozog‘iston nomidan ko‘plab xalqaro shartnomalar imzolanganini, davlat chegaralari belgilanganini ta’kidladi.

«Shuning uchun bunday sharoitda mamlakat nomini o‘zgartirish mas’uliyatsiz qaror bo‘ladi. Bu davlat xavfsizligi va fuqarolarimizning tinch hayotiga bevosita ta’sir etadi» — deya qo‘shimcha qiladi To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda mamlakatda Qozog‘iston nomini «Qozoq eli» deb o‘zgartirish masalasi muhokama qilingan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?