To‘yda kelinchakni urgan kuyov kelinning iltimosi sabab javobgarlikdan qutulib qoldi

2 daqiqa o'qish1.5K
To‘yda kelinchakni urgan kuyov kelinning iltimosi sabab javobgarlikdan qutulib qoldi
Foto: "Markaziy studiya" efiridan kadr
To‘y bazmida o‘tkazilgan o‘yinda yutqazib qo‘ygach, mag‘lubiyatga chiday olmay kelinning boshiga urgan mushtumzo‘r kuyov umr yo‘ldoshidan uzr so‘ragani aytilmoqda.

“O‘zimni tutib turolmay qo‘lim ketib qoldi. Tushunmovchilik hal bo‘lgandan keyin to‘y davom etdi. Kelindan uzr so‘radim. Boshqa bunday bo‘lmaydi”, deya zo‘ravon kuyovning so‘zlarini keltirmoqda “Mening yurtim” telekanali.

Telesyujetda yigit va qiz bir yil davomida ahd-u paymon qilib yurgani haqida so‘z boradi.

Internetda tarqalgan videoda kaltak yegan kelinning oldiga bir ayol yaqinlashgani va ayollar sahnani tark etgani ko‘ringandi. Bu ayol kelinning onasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxmin o‘z tasdig‘ini topdi. Ona “Mening yurtim” telekanaliga bergan intervyusida kuyovning qarindoshlari uzr so‘ragach, to‘y davom etganini, qizi bilan qo‘ng‘iroqlashib turgani, yaxshi yashashayotganini aytgan.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi ham o‘sha kuni to‘y oxirigacha davom etgani va boshqa ko‘ngilsizlik sodir bo‘lmaganini ma’lum qilgandi. Qayd etilishicha, to‘ydan keyin hech kim huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ro‘y bergan holat bo‘yicha murojaat qilmagan.

Adliya vazirligi axborot xizmati Kun.uz'ga bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur kuyov-kelin shu yil 10 may kuni nikohga kirish uchun ariza bergan, biroq voqea shov-shuv bo‘lgan kezda FHDYO bo‘limida hali ularning nikohi qayd etilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, tomonlarning nikohi 15 iyun kuni rasmiylashtirilgan va ularga nikoh tuzilgani haqida guvohnoma topshirilgan.

Bosh prokuratura ro‘y bergan holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan kuyovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilganini ma’lum qilgandi. “Mening yurtim” telekanalining xabar berishicha, ish sud tomonidan ko‘rib chiqilgan va kelinning arizasi asosida kuyovga ma’muriy jazo qo‘llanilmagan.

Avvalroq Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva voqeaga munosabat bildirib, “agar bu hodisa sizni va atrofingizdagilarni g‘azablantirgan, hayratga solgan bo‘lsa, demak atrofingizda sog‘lom jamoa bor. Mabodo “ayol erkakka yon bosishi shart”, “o‘zi aybdor, tili uzun bo‘lsa kerak” kabi gaplarni eshitayotgan bo‘lsangiz, mana bu haqiqiy falokatdir”, degandi.

Surxondaryoda kuzatilgan voqeadan keyin Senatda maxsus Ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, senatorlar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, yigit va qizlarni to‘ydan oldin Oila markazlaridagi mashg‘ulot va davra suhbatlariga jalb etish taklifi bildirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?