Toshkentda mahr talabi sabab to‘y bekor qilingani aytilmoqda

Toshkentda mahr talabi sabab to‘y bekor qilingani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda shar’iy nikoh marosimi vaqtida mahr masalasidagi kelishmovchilik sabab to‘y bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini voqea guvohi sifatida tanishtirgan fuqaro kelinning ammasi mahr sifatida ikki xonali uy talab qilganini aytgan. Shuningdek, kuyovdan uy olib berishga va’da berishi va bu va’dani videoga yozib olish so‘ralgani bildirilgan.

Aytilishicha, kuyov ushbu shartga rozi bo‘lmagan va nikoh marosimi o‘tkazilayotgan xonadondan chiqib ketgan.

Hozircha voqea qachon va qayerda sodir bo‘lgani, shuningdek, kelin-kuyov hamda ularning yaqinlarining munosabati haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mahr nikohda ayolga tegishli bo‘ladigan haq ekani va uning kelinning shaxsiy mulki hisoblanishini qayd etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar