Iyul oyida O‘zbekistonda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda qatnashish uchun yangi afg‘on hukumati vakillari kelishi kutilmoqda. Bu haqda Abdulaziz Komilov gapirgan.
Kecha, 19 iyun kuni O‘zbekiston milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi, tashqi siyosat bo‘yicha prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Komilov va tolibon boshqaruvidagi Afg‘oniston hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar uchrashgan.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, yirik iqtisodiy loyihalar va hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Aytilishicha, tolibon boshchiligidagi Afg‘oniston ikki mamlakat hamkorligida yangi sahifa ochgan.
Eslatib o‘tamiz, tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan Abdulaziz Komilov boshqa lavozimga o‘tkazilgandi. Yaqinda esa unga prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifasi ham topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»