Oxirgi 11 yilda ilk tashrif: Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keladi

1 daqiqa o'qish1.4K
Oxirgi 11 yilda ilk tashrif: Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Sammit kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Tashrif arafasida Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjonning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlari o‘tmoqda.

Keyingi yillarda ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari va qo‘shma korxonalar soni sezilarli darajada ko‘paydi. 2021 yilda tovar ayirboshlash hajmi 42 %ga, joriy yil yanvar-may oylarida 49 %ga o‘sdi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning oxirgi 11 yilda O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi. Aliyev oxirgi marta O‘zbekistonga 2010 yil 27 sentabrda tashrif buyurgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?