G‘uzorda vaziyat jiddiy: boshqa bolalar ham isitmalay boshladi

1 daqiqa o'qish4.9K
G‘uzorda vaziyat jiddiy: boshqa bolalar ham isitmalay boshladi
Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida 4 yoshli bola noma’lum (tashxis qo‘yilmagan) kasallikdan 20 iyun kuni vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shu oilada yashovchi 6 yoshli qizaloq ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani, ammo unga mutaxassislar tashxis qo‘ya olmagani haqida qayd etilgandi. Afsuski, qizaloqni ham asrab qolish imkoni bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi voqeaga munosabat bildirib, holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida SSV tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgani qayd etilgandi.

Ammo ushbu oilaga yaqin insonning qayd etishicha, kasallik qayd etilgan va ikki murg‘ak bolani yo‘qotgan xonadonga maxsus brigada bormagan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamovning «Daryo»ga aytishicha, 6 yoshli qizaloq va 4 yoshli bolaning qanday kasallikdan vafot etgani shifokorlarga ma’lum.

«Internetda ularning noma’lum kasallikdan vafot etgani haqida xabar berilyapti. Bu noto‘g‘ri. Bolalarning qaysi kasallikdan vafot etgani shifokorlarga ma’lum. Biroq, qonunchilikka ko‘ra kasallik tashxisi jamoatchilikka oshkor qilinmayapti», deydi u.

Hozirgina kelgan xabarlarga ko‘ra, musibat tushgan xonadonda boshqa bolalarda ham kasallik alomatlari paydo bo‘lgan va isitmalash kuzatilmoqda.

«Bolalarga kimdir yordam beradimi? Bu yurtda fidoyi, o‘z ishini bilgan do‘xtirlar bor bo‘lsa, uxlab qolgan vazirligimizda yuragi tiriklar bor bo‘lsa, ularni ham bolalari bo‘lsa, iltimos shu bolalarning salomatligiga e’tibor qarating. Agar bu bolalarga ham nimadir bo‘lsa, demak tizim men o‘ylagandanda badtar ekan», deb yozadi ushbu xonadon yaqinlaridan biri.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?