Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborishga urindi

1 daqiqa o'qish1.8K
Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborishga urindi
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatining Xonobod shahrida tadbirkor xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga benzin sepib, yoqib yuborishga urindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 11 martdagi ijro varaqasiga ko‘ra, undiruvchi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» Xonobod shahar filiali foydasiga qarzdor MCHJdan 459 million 871 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish hamda undiruvning garov ta’minoti hisoblangan Xonobod shahar «Abdirauf Fitrat» MFY Shifokor ko‘chasida joylashgan 1410 kv/metr yer maydoniga ega xizmat ko‘rsatish bino-inshootlariga qaratish belgilangan.

Biroq MIB Xonobod shahar bo‘limi xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay, MCHJ rahbari kredit qarzdorligini qoplamagan. Shu sabab tadbirkorning garovdagi mulki auksion savdolariga chiqarilgan. Bino auksionda sotilmagach, bankka ko‘chmas mulk sifatida qabul qilish haqida taklif berilgan.

Ushbu holat yuzasidan byuro xodimlari binoni bank ixtiyoriga topshirish haqida ogohlantirish maqsadida qarzdor bilan uchrashgan paytda qarzdor, MCHJ ta’sischisi M.Yu. byuro bo‘lim boshlig‘iga benzin sepib, yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Ijro jarayoniga jalb etilgan ichki ishlar xodimi tadbirkorning qo‘lidagi «zajigalka»ni tortib olgan. Ayni jarayonda benzin ichki ishlar xodimiga to‘kilib, uning hayoti ham xavf ostida qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?