1 369
Xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan ayol 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: Toshkent shahar IIBB
O‘zbekiston hududida xalqaro terrorchilik tashkilotining g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Ma’lum qilinishicha, 1990 yilda tug‘ilgan N.S. 2020 yilda Suriya va Turkiyada faoliyat yuritayotgan «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik guruhi a’zolari bilan internet tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatib, ularning ta’sirida Turkiyaga borgan. So‘ngra jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriya hududiga o‘tishga uringan vaqtda Turkiya chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan va O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
Biroq N.S. yashash manziliga qaytib kelganidan keyin ham jinoiy faoliyatini davom ettirib, internet orqali «Tavhid va jihod katibasi» terrorchilari bilan aloqani qayta tiklagan, ularning g‘oyalarini qo‘llab kelgan hamda o‘z yaqinlari orasida va ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullangan.
Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan fuqaro N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov jarayonida N.S.ga nisbatan insonparvarlik tamoyili asosida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Biroq N.S. bu safar ham o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan Suriyadagi hamfikrlari safiga qo‘shilish maqsadida O‘zbekiston hududidan yashirincha chiqib ketishga uringanida huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi.
Bir necha marotaba imkon berilgan bo‘lsa-da, to‘g‘ri xulosa chiqara olmagan N.S.ga nisbatan sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi