Namanganda bozordagi tadbirkordan pora talab qilgan soliq xodimi qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish1.5K
Namanganda bozordagi tadbirkordan pora talab qilgan soliq xodimi qo‘lga olindi
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Namanganda bozorda savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan pora talab qilgan soliq xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yil 24 iyun kuni Namangan shahrining Yangi Namangan tumanida yashovchi fuqaro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Shaharning «Sardoba» bozorida xo‘jalik mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor o‘z arizasida Namangan shahar davlat soliq inspeksiyasidan bozorga biriktirilgan inspektor har oy soliq to‘lovlarini to‘lamasdan faoliyat yuritish evaziga 500 ming so‘m talab qilayotganligini bildirib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan DXX va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda soliq inspektori arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 500 000 so‘mni pora tariqasida olgan vaqtda ushlanib, daliliy ashyolar olingan.
Namanganda bozordagi tadbirkordan pora talab qilgan soliq xodimi qo‘lga olindi
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
«Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan», deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?