Navoiyda mahalla raisini o‘ldirishga suiqasd qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

1 daqiqa o'qish1.5K
Navoiyda mahalla raisini o‘ldirishga suiqasd qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida mahalla raisini o‘ldirishga suiqasd qilgan shahsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1974 yilda tug‘ilgan H.Qulmatov (shaxsi o‘zgartirilgan) u muqaddam jinoyat sodir qilib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmaga Haliljon 2021 yil 8 noyabr kuni soat 18:35 larda Xatirchi tumani, “Yangirabod” mahalla fuqarolar yig‘ini, 302-uydagi yashash xonadonida spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda U.Muqimov (shaxsi o‘zgartirilgan)ni qasddan o‘ldirishni rejalashtirib, uyidagi oshxona pichog‘i bilan qurollanib, Xatirchi tumani, “Yangirabod” mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosiga borib, ma’muriy bino tashqarisida turgan mahalla raisi U.Muqimovdan turmush o‘rtog‘i Z.Qulmatov va farzandlarini uyiga olib kelishni talab qilib, uni talabiga rad javobini bergan U.Muqimovni qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘ini egnidagi shimining orqa cho‘ntagidan chiqarib, U.Muqimovni qorin sohasi chap tomoniga bir marta sanchgan va oshxona pichog‘i bilan navbatdagi zarbani berishga harakat qilganida U.Muqimov o‘z hayotini saqlash uchun qarshilik qilib, voqea joyidan qochgani sababli, uning ortidan quvlab, yeta olmasdan jinoiy maqsadini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmasdan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Sud, H.Qulmatovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, aybiga qisman iqror va chin ko‘ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchining da’vosi borligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
25,97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, Sudlanuvchi H.Qulmatovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 60,61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 10 (o‘n) yilu 2 (ikki) oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sherali Xomidov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining raisi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?