Voyaga yetmagan o‘quvchini sport zaliga aldab chaqirib, shahvoniy shilqimlik qilgan pedagogga sud hukmi o‘qildi

Voyaga yetmagan o‘quvchini sport zaliga aldab chaqirib, shahvoniy shilqimlik qilgan pedagogga sud hukmi o‘qildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi texnikumlardan birida voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan pedagogga sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 25-sentyabr kuni texnikumning ishlab chiqarish ta’lim ustasi fizika darsi vaqtida voyaga yetmagan o‘quvchini xonadan olib chiqib, xizmat xonasida unga nisbatan shahvoniy tusdagi harakatlarni sodir etgan. O‘quvchining qarshiligi sababli u maqsadiga erisha olmagan.

Shundan so‘ng pedagog o‘zini boshqa ism bilan tanishtirib, o‘quvchiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan va uni sport zaliga chaqirgan. U yerda ham shilqimlik harakatlarini takrorlagan.

Sud majlisida pedagog o‘z aybini tan olmagan va o‘quvchi bilan faqat tashkiliy masalalarda gaplashganini bildirgan. Biroq ish bo‘yicha to‘plangan dalillar hamda jabrlanuvchining ko‘rsatmalari asosida uning aybi isbotlangan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar