Navoiyda farzandini sotgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi

1 daqiqa o'qish1.4K
Navoiyda farzandini sotgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida farzandini sotgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

2003 yilda tug‘ilgan H.Xursandova (shaxsi o‘zgartirilgan) u foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, tekin daromad orttirish maqsadini ko‘zlab, jinoyat sodir etish yuliga kirib, «Odam savdosi, ya’ni ojiz ahvoldaligi, aybdorga moddiy jixatdan yoki boshqa jixatdan qaram bo‘lgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan odam sotish» jinoyatini, 2022 yil 29 yanvar kuni soat 12 larda Xatirchi tumani, “Galabek” mahallasida joylashgan Toxir bobo choyxonasida o‘zining 14.12.2021 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Xusanov Abror Normurot o‘g‘lini Z.Jo‘rayevaga 4.000 AQSH dollari evaziga sotganida Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi, Xatirchi tuman IIB, DXXning Xatirchi tuman bo‘limi va Navoiy viloyat IIB T va EQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud, H.Xursandovani sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasini qo‘llab, 5 (besh) yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sherali Xomidov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining raisi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?