Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori yordamchisi N. E. pora olayotganda qo‘lga tushdi. Ayni ma’lumotni Xabar.uzning viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organidagi manbasi tasdiqladi.
Voqelik joriy yilning 10 iyul kuni sodir bo‘lgan.
Aytilishicha, tuman prokurori yordamchisi bir ayolga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berishni va’da qilib, evaziga 3000 (uch ming) AQSH dollari so‘ragan. Talab qilingan pulning teng yarmini avvalroq olib, qolgan yarmini olayotgan paytda daliliy ashyo bilan ushlanadi.
Ayni paytda tuman prokurori yordamchisiga nisbatan jinoyat (JK, 210-modda – pora olish) ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi